12 sen 10:43
Yangiliklar
Nigina Lyublyanada dunyoning 58-raketkasiga qarshi kortga chiqdi
Mukofot jamg'armasi 115 ming dollarni tashkil etuvchi ushbu turnirda hamyurtimiz Nigina Abduraimova ham o'z omadini sinab ko'ryapti. Afsuski, mamlakatimizning birinchi raketkasi uchun qura omadsiz keldi. U ilk davradayoq turnirning birinchi raketkasi, jahon reytingida 58-o'rinni egallab turgan slovakiyalik Anna Karolina SHmidlovaga qarshi kortga chiqdi.
Bir soatu 28 daqiqa davom etgan bahsda tajriba o'z so'zini aytdi. SHmidlova ortiqcha qiyinchiliksiz 6/3, 6/2 hisoblarida g'alaba qozonib, 1/8 finalga yo'l oldi. Tennischilarning o'zaro ikkinchi uchrashuvida ham Karolina zafar quchdi. Ilk uchrashuv bundan 8 yil avval bo'lib o'tgandi. Dunyoning 192-raketkasi bo'lib turgan Nigina endi bor etiborini juftlikdagi ishtirokiga qaratadi.
Fikrlar