So’nggi yangiliklar

01:04Mangu 5: Фурқатбек Ёқубов иштирокидаги чемпионлик жанги муддатидан аввал ниҳоясига етди 0 00:40Муҳиддин Мамажонов Тошкентда Магомед Салиевга қарши жанг қилди 0 22:28Бобур Тагиев "Mangu 5" турнирида ғалаба қозонди 0 22:02Амирхон Алихўжаев "Mangu 5" турнирида ғалабага эришди 0 21:11Кураш, бокс ва бошқа спортлар. Осиё ўйинларининг саккизинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати билан танишинг 0 20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Эркаклар терма жамоамиз Арманистонни, аёллар Перуни мағлуб этди 0 19:52Осиё ўйинларининг еттинчи кундан кейин медаллар жамғариш рейтингида ўрнимиз қандай? 0 19:30"Манчестер Сити"нинг Премьер-лига қоидаларини бузгани ҳақидаги айбловлар: Улар нимадан иборат? Қандай жазо қўлланиши мумкин? Кейин нима бўлади? 0 18:51Эртага 5 нафар боксчимиз Осиё ўйинлари чорак финалида жанг қилади 0 18:30Осиё ўйинларининг еттинчи кунини 3 та медаль билан якунладик 0 17:15Ўзбекистон делегацияси расмийлари ХОҚ Президенти билан учрашишди 0 16:16Мбаппе Платинининг рекордини такрорлади 0 15:25Тимур Турлов - FIDE президенти этиб сайланди! 0 13:11"Mangu 5" турнири олдидан ўтказилган face-to-face маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 12:20Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси тугашига иккита тур қолди. Бугун кимлар рақиб бўлади? 0

05 noy 10:51
Yangiliklar

Taekvondo

Nigora Tursunqulova: "Xatto bronza medali ham osonlikcha qo'lga kiritilmaydi"

Xabar berganimizdek, 1-3 noyabr kunlari Xitoyning Usi shahrida Katta Dubulg'a musobaqasiga saralash bahslari bo'lib o'tdi.

Ushbu musobaqada ishtirok etgan o'zbekistonlik taekvondochi Nigora Tursunqulova -67 kg vazn toifasida bronza medaliga ega chiqdi. SHu munosabat bilan O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi matbuot xizmati sportchimiz bilan suhbatlashdi. 

- Xitoyning Usi shahrida bo'lib o'tgan Katta Dubulg'a musobaqasiga saralash bahslarida bronza medaliga ega bo'ldingi. Taassurotlar qanday? 

- Usida o'tgan Katta Dubulg'a musobaqasiga saralash bahslari yaxshi o'tdi. Unda bronza medali bilan birgalikda musobaqaning final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritganimdan xursandman. Anchadan buyon ushbu musobaqada qatnashishni xohlardim. CHunki bu yo'llanma kuchli va tajribali chempionlar bilan yana jang o'tkazishga imkoniyat yaratib beradi. U erda TOP-5dagi taekvondochilar ham ishtirok etishadi. Ularga qarshi dayanga chiqish orqali tajribamni yanada oshirib olaman degan umiddaman. 

- Qisqa muddatda ikkita musobaqada qatnashib ikkita medalga ega chiqdingiz. Qaysi musobaqa shaxsan siz uchun qiyinroq o'tdi? 

- Uxan shahrida o'tgan Butunjahon armiya o'yinlarida kumush, Usida esa bronza medaliga ega chiqdim. Hech bir medal osonlikcha qo'lga kiritilmaydi. CHunki Uxandagi musobaqada shu yilgi Jahon chempioni xitoylik Zang Mengyu, Jahon chempionati bronza medali sohibasi braziliyalik Milena Titoneli va boshqa kuchli taekvondochilar ishtirok etishdi. Usidagi saralashda esa yuqoridagi sportchilar bilan bir qatorda koreyalik Kim Jan Di va ivuarlik Rut Gbagbi kabi sovrindor taekvondochilar qatnashishdi. SHunday bo'lsa ham Xudoga shukurki 3-o'rinni egalladim. Bu natijaga erishishimda murabbiylarimning xizmati beqiyos bo'ldi. Ularga va terma jamoadagi qolgan taekvondochilarga minnatdorchilik bildiraman. 

- Aytganimizdek dastlab Uxanda, so'ngra Usida nufuzli musobaqalarda ishtirok etingiz. Qisqa vaqtda ikkita musobaqada qatnashish qanchalik qiyin bo'ldi? 

- Biz ikkita emas ketma-ket uchta yirik musobaqada ishtirok etdik-ku (kuladi). Dastlab Sofiyada bo'lib o'tgan Gran-pri, ikkinchisi Uxandagi Butanjahon armiya o'yinlari hamda Usidagi saralash bahslari. Albatta bunday tig'iz taqvimda istalgan sportchida charchoq alomatlari va kichik jarohatlar bo'ladi.  Lekin shukurki imkon qadar yaxshi natijalar qayd eta oldik. To'g'risini aytsam yurtimizni juda ham sog'indim. 

- Endigi rejalar qanday? 

- Dekabr oyi boshida Moskva shahrida 2019 yilgi Jahon Gran-prisi final musobaqasi bo'lib o'tadi. Hozir mana shu musobaqaga tayyorgarlikni boshlaymiz. Undan keyin esa 18-20 dekabr kunlari yana Usi shahrida Katta Dubulg'a musobaqasi final bosqichida ishtirok etaman. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing