09 okt 15:32
Yangiliklar
Boks/MMA

Nihoyat! Garsiya - Kempbell jangining sanasi malum bo'ldi
Bokschilar vaqtinchalik WBC kamari uchun kurashishadi.
Amerikalik yosh bokschi Rayan Garsiya (20-0-0, 17 KO) Lyuk Kempbell (20-3-0, 16 KO) bilan 5 dekabr kuni jang o'tkazadi.
Ushbu to'qnashuv kechaning asosiy jangi bo'ladi, bokschilar esa hozircha vakant bo'lib turgan vaqtinchalik WBC kamari uchun kurashadi.
Eslatib o'tamiz, Rayan Garsiya so'nggi jangini fevral oyida o'tkazib, Fransisko Fonsekuni mag'lub etgan. Kempbell esa oxirgi jangida Vasiliy Lomachenkoga mag'lub bo'lgan.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar