07 noy 09:26
Yangiliklar
Nihoyat rossiyalik yunon-rum kurashchisi O'zbekiston fuqaroligini oldi
Avval malum qilganimizdek, Olimpiya shaharchasida yakunlangan yunon-rum kurashi bo'yicha kattalar o'rtasidagi mamlakat birinchiligining eng og'ir — 130 kg vazn toifasidagi bellashuvlarida asli rossiyalik sportchi Rafael Cicuashvili g'alaba qozonib, oltin medalga ega chiqdi. Cicuashvili 2024 yilgi O'zbekiston chempionatida ham tengsiz bo'lgandi.
Rafael bunga qadar Rossiya Federaciyasining Rostov viloyati sharafini himoya qilgan. Bizga malum bo'lishicha, Cicuashvili nihoyat O'zbekiston fuqaroligini olishga muvaffaq bo'lgan. Rafael Rossiya sport ustasi hisoblanadi.
Uning terma jamoamiz azosi sifatidagi ilk musobaqasi 18-21 noyabr kunlari Ar-Riyodda (Saudiya Arabistoni) bo'lib o'tadigan Islom birdamlik o'yinlari doirasidagi sport kurashlari musobaqasi bo'ladi.

Fikrlar