08 sen 10:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Nik Diaz 2021 yil avvalida oktagonga qaytadi
Sobiq Strikeforce chempioni, yarim o'rta vaznda UFC kamariga sobiq davogar Nik Diaz 2021 yilning dastlabki oylarida oktagonga qaytishni rejalashtirmoqda.
Bu haqida taniqli insayder Ariel Xelvani xabar berdi.
"Nik Diazning menejeri Mubengining aytishicha, hozir Nikning vazni 175-165 funtni tashkil qilmoqda. U 14 haftalik dietaga yo'naltirilgan mashg'ulot rejimida bo'ldi. Nik so'nggi to'rt yilda ilk bor vazn haydayapti. Bu bejizga emas, albatta. Diaz kelasi yilning boshlarida oktagonga qaytmoqchi. Hozir u yarim o'rta vazn toifasidagi janglarni kuzatmoqda", — deya Tvitter sahifasida xabar qoldirgan Ariel Xelvani.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar