19 may 17:53
Yangiliklar
Tennis
Nik Kirgios "Rolan Garros"ni o'tkazib yuboradi
Uimbldon-2022 finalchisi, jahonning 26-raketkasi avstraliyalik Nik Kirgios jarohat tufayli "Rolan Garros" turnirini o'tkazib yuboradi.
Bu haqda uning murabbiyi Deniel Xorsfoll malum qildi.
“1 may kuni sodir bo'lgan voqea paytida Nik chap oyog'ini qattiq jarohatlab oldi. Bu qanday sodir bo'lganini aniq bilmaymiz. Bu uning tiklanishini ikki yarim haftaga kechiktirdi. Biz Nikning qaytishi "Rolan Garros"da bo'ladi deb umid qilgandik, ammo bu amalga oshmaydi", - deya Xorsfolldan iqtibos keltiradi Reuters.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar