22 okt 14:43
Yangiliklar
Taekvondo
Nikita Rafalovich Manchesterdagi nufuzli Gran-Pri musobaqasida sovrindor bo'ldi
Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida taekvondo WTF bo'yicha nufuzli Gran-Pri musobaqasi yakunlandi.
Avvalroq xabar berib o'tganimizdek, ushbu turnirda O'zbekiston sharafini to'rt nafar sportchi himoya qildi.
-80 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Nikita Rafalovich musobaqa davomida Greciya, Italiya hamda Rossiya vakillarini mag'lubiyatga uchratib, yarim finalga yo'l oldi. Final ostonasida kechgan jangda unga chorak finalda olgan kichik jarohati pand berdi va mag'lub bo'ldi. SHu tariqa Osiyo o'yinlari g'olibi, jahon chempionati sovrindori hisoblangan Rafalovich Manchester Gran-Prisining bronza medali bilan kifoyalandi.
Qayd etish lozimki, ushbu muvaffaqiyat orqali Nikita Tokio 2020 licenziyasi uchun qimmatli bo'lgan reyting ochkolarini ishlab oldi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar