So’nggi yangiliklar

13:24Ўзбекистон терма жамоаси бугун Хитой билан ўйнайди 0 12:59UFC собиқ чемпиони Шон-шуҳрат залига киритилди 0 12:36Боксчиларимиз RCC Гран-присида қандай натижалар қайд этишди? 0 12:00Тошкентда Осиё Олимпия кенгашига янги президент сайланди 0 11:33Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг 2 нафар футболчиси мавсумни Тошкент клубида бошлайди 0 11:12"Юзингга қара, пасткаш". Гэтжи жангдан кейин Пимблеттга нима деганини айтди 0 10:40Порье Гэтжининг ғалабасига муносабат билдирди 0 10:18Умар Нурмагомедов: "Спарринг шерикларим Фигейредудан кўра қийинроқ бўлганди" 0 09:42Бернарду Силва "Барселона"га ўтмоқчи, аммо каталонияликлар иккиланишмоқда 0 09:15Пимблетт Гэтжи билан жангдаги ҳакамликка муносабат билдирди 0 08:39Australian Open. Даниил Медведев ўз юришини тўхтатди 0 08:12Жастин Гэтжининг UFC'да олган бонуслари миқдори 1 миллион доллардан ошди 0 07:30"Актобе" Португалия терма жамоаси афсонаси Луиш Нани билан шартнома имзолади 0 19:14Хаби Алонсо "Ливерпуль" билан музокаралар олиб бормоқда, Слотнинг курсиси қимирлаб қолди 0 18:53Дана Уайт Царукян Оқ уйдаги турнирда жанг қилиши эҳтимоли ҳақида гапирди 0

21 apr 08:47
Yangiliklar

Sport kurashlari

Nima uchun erkin kurash MMAning asosi hisoblanadi?

Teglar :  Erkin kurashMMA
Juda ko'pchilik mutaxassislar va sportchilar haligacha aralash qoidalarning asosi qaysi sport turi ekani haqida bahslashishadi.

Fikrlar turfa xil. Har kim o'z fikrida qatiy turib olib, o'zini haq deb biladi. Bahs to'xtamaydi. Masalan, miks-fayt uchun eng yaxshi baza bu jiu-jitsu (Braziliyaniki) yoki muaytay deb bilishadi. Lekin baribir deyarli barcha MMA yulduzlari faoliyatlarining ilk qismida erkin kurash bilan shug'ullanishgan. 

Ular qatoriga Keyn Velaskez, Daniel Korme, Brok Lesnar, CHak Lidell, Den Xenderson, Frenki Edgar, Joni Xendriks, Rendi Kutyur, Rashad Evans, Jon Fitch, Josh Koshchek va boshqa yulduzlarni qo'shish mumkin. Ayni paytda UFCning 10 ta vazn chempionidan 7 nafari MMAga aynan erkin kurashdan kelgan. SHundan kelib chiqib ham MMAning poydevori, bazasi erkin kurash deyish to'g'ri bo'ladi.  

Xo'sh, kurashchilarning ustunligida nimada? 

1. Jismoniy kuch. Erkin kurashda sportchilar kuchaytirilgan va kuchga yo'naltirilgan mashg'ulotlarda toblanishadi. SHu sababdan ham ular besh raundlik MMA janglarida charchoq nimaligini bilishmaydi, raqib bosimiga turib bera olishadi. MMAga erkin kurashdan o'tgan sportchilar boshqa yakkakurash vakillariga qaraganda ustunlikka ega bo'lishadi. Keyin erkin kurashchilarda chidamlilik sifati yuqori.

2. Odatda kurashchilar nokautbop zarba kuchiga ega bo'lishadi. Biroz g'alati tuyulishi mumkin, lekin bokschilarga qaraganda erkin kurashchilarni kurashishga va aniq kuchga yo'naltirilgan zarbani berishga o'rgatish osonroq. Bunga yorqin misol - Den Xenderson bo'lib, u SHeyn Karvinni o'zining afsonaviy o'ng tomondan beradigan kuchli zarbasi evaziga nokautga uchratgan edi. 

3. Kurashni o'zlashtirish qiyin. Mashg'ulotlarga hamma ham dosh bera olmaydi. O'zida kurash yoki greppling (sambo, jiu-jitsu, dzyudo va boshqalar)ni mujassam etmagan jangchilarga oson bo'lmaydi. 

4. Kurashchi tik holatda jangni davom ettirish kerakmi yoki parterda, buni o'zi tanlaydi. Agar tajribali kurashchi tik turgan holatdagi bellashuvni tanlasa, shunday bo'ladi. Lekin u tik holatdagi jangda yutqazishni boshlasa, o'sha zahoti bellashuvni parterga ko'chirishi mumkin. 

5. Kurashda asosiy rolni mehnat etikasi tashkil qiladi. Yoshlar kurash bilan shug'ullanishni boshlaganlaridayoq haqiqiy parhez, intizom va mashaqqatli mashg'ulotlarga o'rganadi. Kurashchilar - ko'p mehnat qiladigan insonlar toifasiga mansub bo'lib, ularning jismoniy taraflama ustunligi aynan shunda bo'lsa kerak.

Endi bu mavzuda uzoq bahslashish mumkin. Bahsga kirishgan har bir inson o'zi shug'ullangan yakkakurash turidan kelib chiqib, o'z fikrini maqullaydi.  

Reyting:    

Fikrlar

   
21 apr 12:56:12
WORKOUT
Eng kop qaysi usulda janglar hal bolganidan bilsa boladi qaysi sport turi asosiy
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing