So’nggi yangiliklar

21:34Яхши хабар! Рамазон Темиров рейтингга қайтарилди 0 19:08Шаҳрамга ҳам, Шоҳжаҳонга ҳам муддатидан аввал ютқазган Марк Урванов Ғиёсов — Эргашев эҳтимолий жангида ким ғалаба қозонишини айтди 0 18:37Манба: Манчини — Италия терма жамоаси бош мураббийи! 0 18:03Рамазон Темировга Стив Эрцегдан олдин бошқа рақиб таклиф қилинган экан 0 17:25Гукеш ва Синдаров ўртасидаги Жаҳон тожи учун баҳс қачон ва қаерда ўтказилиши расман эълон қилинди 0 16:56Арман Царукян тўрт кундан кейин ўз юртида жанг қилади + ПОСТЕР 0 16:27Расман: Зидан — Франция терма жамоаси бош мураббийи! 0 16:00UFC Fight Night 282. Гусковда фаолиятидаги энг катта гонорар, Темировда ҳам! 0 15:19Таэквондо терма жамоамиз “Kim Un Yong Cup” халқаро турнирини умумжамоа ҳисобида иккинчи ўринда якунлади 0 14:43Ғалабадан кейин Рамазон Темировга UFC юлдузлари обуна бўлишди. Улар қайси жангчилар эди? 0 14:08Ўзбекистон миллий терма жамоаси октябрь ойида Жанубий Корея билан ўйнайди 0 13:29Богдан Гусков: «Анкалаевга унчалик ҳам осон бўлмади» 0 12:57Самарқанд 2027 йилда йирик халқаро турнирни қабул қилади 0 12:26Жаско коач Рамазон Темировнинг Асу Алмабаевга қарши эҳтимолий жанги ҳақида гапирди 0 11:50"Манчестер Юнайтед" Франция терма жамоаси аъзоси билан келишиб олди 0

24 iyu 14:51
Yangiliklar

Tokio-2020

"Nima uchun O'zbekiston MOQ rasmiy sayti 71 emas, balki 65 ta licenziya hisoblashi kerak degan savolga javob". Nikimbaevni ajablantirgan jihat

Taniqli ekspert va mutaxassis Alisher Nikimbaev o'zining telegram kanalida O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi rasmiy veb-sayti tomonidan Olimpiadaga yo'llanma olgan sportchilarimizning soni bo'yicha ko'rsatilgan raqamlarga munosabat bildirdi.

Nikimbaevga ko'ra, jamoaviy bahslarda qo'lga kiritilgan licenziyalar bitta licenziya hisoblanadi. Ammo, MOQ rasmiy sayti - olimpic.uz badiiy gimnastika, eshkak eshish, kanoeda eshkak eshish sport turlarining jamoaviy bahslarida qo'lga kiritilgan yo'llanmalarni alohida sanab o'tgan. O'z o'rnida Nikimabaevni MOQ matbuot xizmati nima uchun dzyudoning aralash jamoasini 6 ta licenziya sifatida hisoblamaganligi ajablantirmoqda.

"XOQ qoidalariga ko'ra, musobaqada qatnashadigan bir sportchi yoki bitta jamoa bitta licenziya hisoblanadi. Masalan, 20 futbolchidan iborat futbol jamoasi bitta licenziya sifatida hisoblanadi va ular qo'lga kiritgan medal ham yagona sanaladi.

SHunday qilib, badiiy gimnastikada 6 nafar qizimiz 2 ta licenziyani qo'lga kiritishdi: bittasi shaxsiy musobaqada va bittasi jamoada. Xuddi shunday eshkak eshishda ham: eshkak eshishda ikki yigit ikkita alohida ishtirokchi emas, bitta jamoa hisoblanadi. Yuqorida takidlanganidek, MOQ matbuot xizmati dzyudoning aralash jamoasini 6 ta licenziya sifatida hisoblamaganligi ajablanarli.

Kanoeda eshkak eshish yanada qiziqarli, bu erda ikki qiz ikki martadan hisoblanib, bir vaqtning o'zida ishtirokchilar sonini ko'paytirdi. Xuddi shu tarzda, Muxtasar Toxirova ikki marta sanab o'tildi, u Tokioda ikki turdagi dasturda qatnashadi.

Ammo, agar nomma-nom hisoblasangiz, unda Tokiodagi sportchilar 71 emas, 67 nafarga etadi va ular 65 ta licenziyaga ega", - deydi Nikimbaev telegram kanalida.


Reyting: +3   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing