17 sen 14:17
Yangiliklar
Boks/MMA

"Nima uchun yo'q?". 43 yoshli Gennadiy Golovkin ringga qaytish haqidagi savolga javob berdi
Boks bo'yicha bir necha yo'nalishda sobiq jahon chempioni, hozirda Qozog'iston Milliy Olimpiya qo'mitasi prezidenti Gennadiy Golovkin professional bokschi sifatidagi faoliyatini qaytadan davom ettirishi mumkinligiga ishora qildi.
"Ringga qaytish? Ha, nima uchun yo'q? Lekin bu qachon va kimga qarshi bo'lishi mumkin? Bu sir", — dedi Golovkin.
Eslatib o'tamiz, Gennadiy oxirgi jangini 2022 yil sentyabrida o'tkazgan. O'sha paytda qozog'istonlik bokschi meksikalik Saul “Kanelo” Alvaresga ochkolar evaziga mag'lub bo'lgan.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar