So’nggi yangiliklar

18:53"Бу уларга таъсир қиларди". Хабиб жанг пайтида рақиблари билан тез-тез гаплашиб турганини тушунтирди 0 18:10"Ҳазиллашмаяпман". Стрикленд Трамп ва Гитлер ўртасида ўхшашликни кўрсатди 0 17:35"Реал" ёзда Александр-Арнольдни сотиш ниятида эмас 0 16:59Хабиб нима учун Макгрегорни ҳеч қачон ҳақорат қилмаганини тушунтирди 0 16:14Икки вазнда собиқ UFC чемпиони промоушендаги ҳакамликни танқид қилди 0 15:33Усик фаолиятидаги сўнгги жанг ҳақида: "Бизда иккита вариант бор" 0 14:57"Манчестер Юнайтед" дарвозабони бошқа клубга ўтди 0 14:16"У билан ҳаммаси тамом бўлган". Оверим Макгрегор ҳақида 0 13:40Алматидаги катта масштабдаги халқаро ўқув-машғулот йиғини давом этмоқда + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 12:58Жавоҳир Синдаров: "Мен Гукешнинг энг кучли версиясига тайёрланяпман" 0 12:33УЕФА жазмани билан боғлиқ жанжал сабаб Инфантинонинг фаолиятини текширмоқчи 0 12:31Али Абдель-Азиз АҚШ Президенти яхши кўрадиган икки жангчини айтди. Улар орасида россиялик ҳам бор! 0 11:59Оғир атлетика бўйича Осиё чемпионатининг иккинчи кунги баҳсларидан ФОТОРЕПОРТАЖ 0 11:26"Барселона" Араухонинг ўрнига ўринбосар топди 0 10:55Уайт Макгрегорнинг Дублиндаги ресторанига ташриф буюрди 0

10 noy 09:41
Yangiliklar

Taekvondo

Niyaz Po'latov: “Ulug'bek Rashitovdan zo'r murabbiy chiqadi”

Teglar :  Niyaz Po'latov
Taekvondo WT bo'yicha O'zbekiston chempionati ortda qoldi.

Etiboringizga ushbu musobaqada yana bir bor mamlakat chempionligini qo'lga kiritgan istedodli sportchimiz Niyaz Po'latov bilan suhbatni havola qilamiz: 

– Bu yilgi mamlakat birinchiligi avvalgilaridan nimasi bilan farq qildi?
– Bu galgi chempionat ko'p jihatlari bilan esda qolarli bo'ldi. Yaqinda oila qurgan edim. Bu safar bahslarimni kuzatish uchun oilam, barcha yaqin do'stlarim tashrif buyurib, bir jamoa bo'lib hamma janglarda qo'llab-quvvatlab turishdi. SHuning uchun mag'lub bo'lishga haqqim yo'q edi. Kun avvalida men ularni xursand qilmoqchi edim va yakunda o'z maqsadimga etishdim. Buning uchun ularga rahmat.


– Bundan keyin ham shu vaznda faoliyatingizni olib borasizmi?
– Ha, keyinchalik ham -63 kg vaznda ishtirok etishda davom etaman. Kelasi yil oldimizda Osiyo chempionati va o'yinlari, jahon chempionati kabi katta musobaqalar turibdi. Niyatim terma jamoamiz safida ushbu musobaqalarda shunchaki ishtirok etib emas, balki oltin medal bilan vatanga qaytib kelish.



– Musobaqa davomida yosh jihatdan Sizdan kichik bo'lsa ham Olimpiada chempioni Ulug'bek Rashitovning Sizga sekundantlik qilganiga guvoh bo'ldik. Vaholangki, ko'pchilik yoshlikdagi murabbiyingiz Pavel Xan yoki boshqa katta murabbiyni kutgan edi.
– Pavel aka terma jamoamiz bosh murabbiyi bo'ldilar. SHu bois u kishining jangda menga murabbiylik qilishi raqiblarimga nisbatan ozgina hurmatsizlik bo'lar edi. Keyin bolalikdan birga katta bo'lgan do'stim Ulug'bek yordamga keldi. Yig'inlarda u bilan bir xonada yashaymiz, bir-birimizni bir qarashda tushuna olamiz. So'zsiz imo-ishoralar bilan nima demoqchiligimizni anglaydigan darajada yaqinmiz. Uning menga sekundantlik qilishi katta yordam berdi.


– Nima deb o'ylaysiz, Ulug'bekdan yaxshi murabbiy chiqadimi?
– Undan zo'r murabbiy chiqadi. Sohamizda yaxshi sportchi kelajakda yaxshi trener bo'la olmaydi degan gap bor. Lekin bu hammaga ham to'g'ri kelmaydi. SHu jumladan, Ulug'bekka ham. Uning jangda men bilan qo'ygan taktikalarining ko'pi o'tdi. U raqib bilan qanday ishlashni juda yaxshi biladi.

– Suhbat uchun rahmat, kelgusi faoliyatingizda omad tilaymiz.
– Rahmat, shu o'rinda bir qo'shimcha qilmoqchiman. Biz bilan birga sportimiz va muvaffaqiyatlarimizni xalqimiz bilan ulashayotgan OAVga, biz uchun barcha sharoitlarni yaratib berayotgan federaciyamiz, MOQ va hukumatimizga alohida minnatdorchilik bildirib o'tmoqchiman.

Malumot uchun, Niyaz Po'latov joriy yil badiiy gimnastika bo'yicha terma jamoamiz azosi, taniqli sportchimiz Sabina Tashkenbaeva bilan turmush qurgan. O'z navbatida, biz ham ushbu yosh oilaga baxt tilaymiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing