02 iyu 08:26
Yangiliklar
Dzyudo

Nodira Yo'ldoshevani tabriklaymiz!
Bugun dzyudo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Nodira Yo'ldosheva o'z tavallud ayyomini nishonlayapti.
Nodira Yo'ldosheva 1998 yilning 2 iyun kuni Toshkent shahrida dunyoga kelgan. Murabbiyi - Bahodir Uzakbergenov. Bugungi kun qahramoni xalqaro musobaqalarda -78 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilib kelyapti.
Tokio-2020 Olimpiadasiga beriladigan licenziya uchun kurash olib bormoqda. U yoshlar o'rtasida Osiyo chempioni bo'lgan. 2018 yil Indoneziyaning Jakarta shahrida o'tkazilgan Osiyo o'yinlarida kuchli beshlikdan joy olgan.
Fursatdan foydalanib, Nodira Yo'ldoshevani hayotidagi bugungi unutilmas kun - tavallud ayyomi bilan muborakbod etamiz. Unga baxt, sihat-salomatlik, musobaqalarda esa omad tilaymiz. Qo'ling hamisha baland bo'lsin, NODIRA!
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar