16 apr 08:02
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/258994_220.jpg)
"Nokautga uchragan Aleks Pereyra endi avvalgidek bo'lmaydi"
UFC promoushenidagi taniqli murabbiylardan biri Firas Zaxabi Aleks Pereyra haqida fikr bildirdi.
"Pereyraning nokauti, uning yiqilib tushgani kelajakdagi faoliyatiga tasir qilishi mumkin. Masalan, u bir nechta jangda g'alaba qozonib, bittasida yutqazsa, hech qachon oldingidek bo'la olmaydi. Joze Aldoni yodga oling. Makgregor Aldoni nokautga uchratganidan so'ng u o'ziga kela olmagandi.
Yoki Sen-Per Bi-Jey Penni texnik nokautga uchratgan vaziyat. SHundan so'ng Penn avvalgi darajasiga qayta olmagandi", - dedi Zaxabi.
Havola :
Manba : MMA News
Fikrlar