So’nggi yangiliklar

13:06Zuffa Boxing 13. Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматовнинг рақиблари маълум (Тўлиқ кард) 0 12:35Нойер Чемпионлар лигасидаги ўйинлар сони бўйича рекордчига айланди 0 12:04Богдан Гусков: "Мақсад - нокаут!" 0 11:33Ўзбек спортчиси Жон Жонс ва Илия Топурия билан бир жамоада: "Бардак" АҚШдаги менежерлик компанияси билан келишувга эришди 0 11:02Chennai Open. Кудерметова муваффақиятли старт олди 0 10:31ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўйнайди 0 09:45Уиттакер Гусковнинг зарба кучини юқори баҳолади 0 08:52Ирода Тўлаганова Республика олимпия захиралари теннис мактабига директор этиб тайинланди 0 19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0

23 dek 11:39
Yangiliklar

Boks/MMA

Nokautlarga boy Andijondagi prof boks oqshomining barcha natijalari + FOTOGALEREYA

Teglar :  Ulug'bek Sobirov
Kecha oqshom Andijon shahrida navbatdagi professional boks kechasi tashkil etildi.

Promouter Sardorbek Razzoqov tomonidan o'tkazilgan boks oqshomiga Andijon olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi arenasi mezbonlik qildi. Pro Boxing Night 4 oqshomidan jami 10 ta jang o'rin olgan bo'lib, asosiy jang Ulug'bek Sobirov (13-3-0) hamda Qobiljon Bobojonov o'rtasida o'tkazildi. Ushbu jang 10 raund etib belgilangan edi. Tajribali Sobirov raqibini birinchi raunddayoq texnik nokautga uchratdi.  

Etiborga molik jihati shundaki, 11 ta jangdan 8 tasi muddatidan avval yakunlangan. Ikkita jang to'liq davom etgan va yana bittasida durang natija kuzatilgan. 

Yarimo'rta vazn toifasi vakili Davronbek Hayitaliev Pahlavon Nazirjonovni ikkinchi raundda, yarimo'rta vazn vakili Umidillo Abdurasulov Samandarbek Abdunosirovni ikkinchi raundda, superengil vazn toifasida jang qilgan Sardorbek G'aniev Muhammadamin Kozimovni uchinchi raundda, yarimog'ir vazn vakili SHoyadbek Xoldarov Asadbek Tursunovni ikkinchi raundda, supero'rta vaznda Jamshidbek Tojiboev Husanboy Mirkomilovni ikkinchi raundda, superengil vaznli Nodirbek Soyibov Asrorbek Abdumannobovni birinchi raundda, supero'rta vaznda ringga chiqqan Abdulaziz Abdupattaev esa Abdusaid Fozilovni birinchi raundda texnik nokautga uchratgan. 

"Asakabank" xodimi vakili, havaskor bokschi Asilbek Vahobov ALP boks klubi vakili Furqat SHodiljonovdan ustun keldi. Yarimo'rta vazn toifasida to'liq to'rt raund davom etgan Asilbek Mahamadjonov va Muhammadali Azimjonov jangida esa durang natija kuzatildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing