19 noy 12:45
Yangiliklar
Novak Jokovich ATP Finals bosh sovrini uchun kortga chiqadi
Yarim final uchrashuvida dunyoning birinchi va ikkinchi raketkalari - serbiyalik Novak Jokovich hamda ispaniyalik Karlos Alkaraz o'zaro to'qnash kelishdi. Roppa-rosa 90 daqiqa davom etgan bahsda Novak ortiqcha qiyinchiliksiz mavsumni yakuniy qismini omadsiz o'tkazayotgan Karlosni mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 6/2.
Jokovich ushbu g'alaba evaziga tennischilarning o'zaro uchrashuvlari hisobida oldinga chiqib oldi - 2:2. Novak 2, Alkaraz 10 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar ikkala tennischida ham 1 tadan bo'ldi.
Novak Jokovich qatorasiga ikkinchi yil ham ATP Finals finalida o'ynaydi. U bosh sovrin uchun italiyalik Yannik Sinnerga qarshi kortga chiqadi. Guruh bosqichidagi uchrashuvda Yannik Novak Jokovichni mag'lub etishni uddalagan edi.
Fikrlar