25 mar 19:59
Yangiliklar
Noxush xabar. Olimpiada-94 chempioni Lina CHeryazova vafot etdi
U Rossiyaning Novosibirsk shahrida o'zining 51 yoshida olamdan o'tdi. CHeryazova 1994 yili Lillixammerda o'tkazilgan Olimpiadaning fristayl bahslarida chempionlik shoxsupasiga ko'tarilgan edi. Lina qo'lga kiritgan oltin medal o'zbek sportida hozirgacha yagonaligicha qolmoqda.
Bundan tashqari, Lina CHeryazova 1993 yili jahon chempioni ham bo'lgan. 1990 va 1991 yillarda sobiq SSSR chempioniga aylangan. U uch yildan beri buyrak kasalidan aziyat chekib kelayotgandi. Lina 1999 yilda onasi tug'ilgan Novosibirsk shahriga ko'chib o'tgandi.
Lina CHeryazova O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi, "O'zbekiston iftixori" faxriy unvoni bilan taqdirlangan edi.
Lina CHeryazovaga oltin medal taqdim etgan "salto"
Fikrlar