01 iyu 14:35
Yangiliklar
Boks/MMA
Nunes: "Balki Penya UFC rahbariyatiga borib yig'lab bergandir"
Amanda Nunes Irina Aldanaga qarshi jang oldidan Julianna Penyaga qarshi to'qnashuv haqidagi savolga ham javob berib o'tdi.
"Biz UFC bilan Aldanaga qarshi jang bo'yicha kelishgandik. Bilmayman, ular nima uchun avvaliga Penyaga qarshi jangimni belgilashdi. Men Penya bilan qarama-qarshilikka nuqta qo'ymoqchi edim. Ammo mening vazifam - kamarni himoya qilish va menga jiddiy raqiblar bilan jang qilish yoqadi. Aldana ham shunday raqiblardan biri.
U xavfli, texnik tomonlama kuchli va 5 ta raundga tayyor. Ammo jang 5 raundga cho'ziladi deb o'ylamayman, chunki har ikkimizda ham nokaut qiluvchi kuch bor", - dedi Nunes.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar