10 apr 16:03
Yangiliklar
Nurmagomedov chempionlik kamarini himoya qiladi. Raqib malum!
"Iyul oyining oxiriga jang berildi. Mashg'ulotlarni boshladik. Zalda ter to'kyapmiz", - dedi rossiyalik chempion ijtimoiy tarmoqdagi elon qilgan videosida.
Hozircha liganing rasmiy taqvimida elon qilingan so'nggi tadbir 23 may kuni Bryusselda bo'lib o'tadigan PFL turniri bo'lib qolmoqda. Nurmagomedov raqibi ism-sharifini ochiqlamadi, ammo u tashkilotning engil vazn toifasi reytingida uchinchi o'rinni egallab turgan amerikalik Archi Kolgan bo'lishi mumkin.
Mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan 27 yoshli rossiyalik chempion fevral oyida Dubaydagi turnirda britaniyalik Alfi Devisni uchinchi raundda qo'l uchburchagi usulida bo'g'ib, chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qilgandi.
30 yoshli Archi Kolgan ham hali mag'lubiyatga uchramagan. U PFL ligasida ikkita jang o'tkazib, har ikkisida zafar quchgan. U Mansur Barnaui va Jey-Jey Uilsonni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etgan.

Fikrlar