22 okt 16:03
Yangiliklar
Boks/MMA

Nurmagomedov Dvalishvili - Yan jangi uchun taxminini aytdi
Umar Nurmagomedovning fikricha, agar Merab Dvalishvili Pyotr Yanga qarshi bo'ladigan janggacha to'liq tiklanib, yaxshi jismoniy holatga kela olsa, chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qiladi.
"Menimcha, Merab Pyotr Yanni mag'lub etadi. Ammo hammasi uning ushbu janggacha qay darajada tiklanishiga bog'liq. Bu qiyin bo'ladimi-yo'qmi — bilmayman, chunki shunday tezda jangga qaytish organizm uchun katta stress, ayniqsa vazn tushirish jarayoni sababli", - dedi Umar.
Eslatib o'tamiz, ushbu jang 7 dekabr kuni Las-Vegasda o'tkaziladi.
Havola :
Manba : Fight Time
Fikrlar