07 okt 09:46
Yangiliklar
Nurmagomedov - Getji jangi bo'yicha muhim yangilik
Oqshomning markaziy jangida engil vaznda UFC chempioni Xabib Nurmagomedov vaqtinchalik chempionlik kamari sohibi amerikalik Jastin Getjiga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Ushbu shou aprel oyidan beri ilk bor muxlislarning arenaga kirishiga ruxsat beriladigan turnir bo'lishi mumkin. Bu haqida UFC operacion direktori Lourens Epshteyn The National nashriga bergan intervyusida xabar berdi.
"SHunday qarorga Abu-Dabi hukumati rasmiylari kelishgan, — deydi Epshteyn. — Muxlislar UFC turnirlarining yanada jozibali va ko'rimli bo'lishini taminlaydi. Ko'ramiz, voqealar rivoji Nurmagomedov — Getji oqshomining muxlislar bilan o'tishiga qarab ketmoqda. Biz Abu-Dabi hukumati bilan birga barcha xavfsizlik choralarini ko'ramiz".
Fikrlar