18 sen 13:44
Yangiliklar
Boks/MMA

Nurmagomedov - Getji. UFC chempioni jang uchun o'z taxminini aytdi
UFCning yarimengil vazn toifasidagi chempioni Aleksandr Volkanovski engil vaznda o'tkaziladigan Nurmagomedov - Getji jangi haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Agar kurashchiga qarshi jang qiladigan bo'lsam, men ham qiynalaman. Sen zarbalaringdan foydalana olsang, imkoniyatlar paydo bo'ladi. Xabib zarbalaridan aql bilan foydalanadi. U kerakli vaqtda zarba beradi, kerak vaqtda teykdaunni amalga oshiradi.
Jastin jangda g'olib bo'lishga qodir. Unda kurash mahorati bor. Uni taslim etish qiyin. Lekin Xabib raqibini nazorat qila oladi, bu umuman boshqa daraja. U kimni ushlab olmasin, muammolar paydo bo'la boshlaydi.
Agar jang g'olibini aniqlaydigan bo'lsak, men Xabibni tanlardim. Uning nazorat qilish imkoniyati yuqori. Xattoki barmog'ingni ushlab olsa ham, keyin oyog'ingga, keyin ustingga o'tadi va sen undan qutula olmaysan", - dedi Volkanovski.
Havola :
Fikrlar