So’nggi yangiliklar

20:13Усман Нурмагомедовнинг UFC`даги потенциал рақиби маълум 0 19:42Василий Ломаченконинг қачон рингга қайтиши аниқ бўлди 0 19:11Родри жароҳати сабабли "Барселона"нинг "Атлетико"га қарши ўйинини ўтказиб юборади 0 18:30Самбо бўйича Ўзбекистон терма жамоасининг Жаҳон чемпионати учун таркиби маълум 0 17:17Расман! Тим Цзю Эрисланди Лара билан WBA камари учун жанг қилади 0 17:06Ўзбекистонда 10 минг қадам юрган фуқаролар қимматбаҳо совғалар билан тақдирланиши мумкин 0 16:35Рафинья де Мигелнинг ўлими ҳақида: "Бу ҳар ким билан содир бўлиши мумкин" 0 16:04Жалгасбай Бердимуратовнинг PFL Moscow турниридаги рақиби аниқ бўлди ПОСТЕР 0 15:31Жон МакКарти UFC ҳакамларининг гонорарларини очиқлади 0 15:00UWW 2027 йилги рейтинг турнирлари тақвимини эълон қилди 0 14:29Бруну Фернандеш Кэррик уни захирада қолдиргани ҳақида: "Бу тўғри қарор эди" 0 13:58UFC рейтинги янгиланди: Нолан Топ-10, Смит Топ-15`да 0 13:27Ҳасанбой Дўсматов IBA.Pro чемпионлик камари учун жанг қилади. Рақиб, сана ва манзил аниқ! 0 13:06Zuffa Boxing 13. Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматовнинг рақиблари маълум (Тўлиқ кард) 0 12:35Нойер Чемпионлар лигасидаги ўйинлар сони бўйича рекордчига айланди 0

02 avg 13:48
Yangiliklar

Boks/MMA

Nurmagomedov: "Hammasini Islam Maxachevning maslahati hal qildi"

Engil vazn toifasida PFL chempioni Usman Nurmagomedov Archi Kolganga qarshi jang yakunlarini sarhisob qildi.

Ushbu jangda u amerikalik raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratib, o'z kamarini muvaffaqiyatli himoya qilgandi. Bu Usman uchun Amerika tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma bo'yicha so'nggi jang edi.

Rossiyalik sportchining so'zlariga ko'ra, uning g'alabasida burchagida turgan Islam Maxachevning maslahati hal qiluvchi rol o'ynagan.

"Hammasini Islamning maslahati hal qildi. U menga: "Oyoq bilan oldinga zarba berayotgandek ko'rsat-da, bosh qismiga hay-kik yo'lla", dedi. U chap qo'l ustunligida buni yaxshi bajarishimni biladi. U aytishi bilan bajardim va zarba nishonga tegdi. Bu u aytgan va men bajargan, natija bergan ikkinchi holat. Islam – oltin burchak vakili", – dedi Nurmagomedov.

SHuningdek, Nurmagomedov UFC`ga o'tishni kechiktirishi va Jeyk Polning Most Valuable Promotions kompaniyasi tomonidan sotib olingan liga bilan yangi shartnoma imzolashi mumkinligini istisno qilmadi.

"Jeyk Pol Dana Uaytning milliardlik kompaniyasi borligi, lekin u jangchilarga hech narsa to'lamasligi haqida ko'p gapiradi. Mana, endi PFL bilan birlashuv yuz berdi, mening shartnomam esa tugadi. Hozir u qanday to'lashini ko'ramiz. Agar gapirgan bo'lsang – endi buni qanday qilish kerakligini ko'rsat. Lekin yana bir bor aytaman, hatto ular menga yuz million to'lashsa ham, men ustozlarim aytganini qilaman, chunki pul – hammasi emas", – deb tushuntirdi Nurmagomedov.

Jangdan so'ng Jeyk Pol Nurmagomedov Kolganning burchagida bo'lgan UFC`ning amaldagi chempioni Jastin Getjini osonlikcha mag'lub etishi mumkinligini aytdi, biroq rossiyalik jangchi amerikalik sportchi haqidagi bunday gaplarni maqullamadi.

"Promouter sifatida Jeyk Pol ko'p gapiradi, bu tabiiy. Lekin jangchi sifatida, aslida u jangchi emas – u shunchaki Youtube'dan kelgan, ko'p pul ishlagan yigit, jangchilar esa boshqacha yashashadi. Agar haqiqiy jangchilarni ko'rmoqchi bo'lsangiz – zalimga keling.

Agar kimdir Jastinga hurmat ko'rsatmasa – ochig'ini aytganda, bu yomon. Jastin Getji – afsona, men uning hozir chempion ekanligidan juda xursandman va unga eng ezgu tilaklarni tilayman", – dedi Nurmagomedov tadbirdan keyingi matbuot anjumanida.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing