06 iyu 09:54
Yangiliklar
Nurmagomedov: "Hech kim Maxachev rekordini yangilay olmaydi"
Bu bilan u tashkilot tarixidagi eng uzun g'alabalar seriyasi sohibiga aylanadi. Islamning jamoadoshi Usmon Nurmagomedov bu rekordni endi hech kim yangilay olmasligiga ishonchi komil.
"Yen Gerri juda murakkab yigit va albatta, u kutilmagan sovg'a qilishga qodir, ammo menimcha, Islam hamma narsaga tayyor bo'ladi. Bilamizki, Yen kurash va greppling bilan bog'liq muammolarga ega, Islam esa parterda ajoyib nazorat va alo darajadagi kurashga ega, shuningdek, unda juda yaxshi zarba berish salohiyati ham bor.
Menimcha, Islam dunyodagi eng yaxshi jangchi. U qilgan ishni boshqa hech kim takror olmaydi. Tasavvur qiling, u hozir Anderson Silva rekordini yangilashi mumkin. Agar u buni amalga oshirsa, o'ylaymanki, endi hech kim va hech qachon bu rekordni ortda qoldira olmaydi", - dedi engil vazn toifasida PFL chempioni MMA Junkie nashriga bergan intervyusida.
Rossiya va irlandiyalik o'rtasidagi chempionlik jangi 15 avgust kuni Filadelbfiyada o'tkaziladigan UFC 330 turnirining asosiy voqeasi bo'ladi.

Fikrlar