25 noy 10:57
Yangiliklar
Boks/MMA

Nurmagomedov Konor jang qiladigan oqshomda oktagonga ko'tariladi
Rossiyalik UFC jangchisi Umar Nurmagomedovning promoushenda qachon debyut qilishi malum bo'ldi.
Umar UFC 257 kechasida Sergey Morozovga qarshi bahs olib boradi. Jang 23 yanvar kuni Abu-Dabida tashkil etiladi.
Eslatib o'tamiz, UFC 257 kechasining markaziy jangida Konor Makgregor Dastin Porega qarshi oktagonga ko'tariladi.
Malumot uchun, Umar va Sergey o'zaro 24 oktyabr kuni UFC 254 kechasida bahs olib borishi lozim edi, biroq jangga oz vaqt qolganida Umar virus yuqtirib olgani uchun bahs boshqa sanaga qoldirilgandi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar