17 sen 09:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Nurmagomedov mashg'ulotlarni davom ettirayaptimi?
Engil vaznda UFC chempioni Xabib Nurmagomedov amerikalik Jastin Getjiga qarshi o'tkaziladigan jang uchun Abu-Dabi shahriga etib borgandi.
Lekin rossiyalik chempionning tishi og'rib qolganligi sababli mashg'ulotlar to'xtatilgan edi. Xabibning jamoasidagilar kechadan mashg'ulotlar qayta boshlanganini malum qilishdi.
"Hammasi joyida! Xabib mashg'ulotlarni davom ettirmoqda", — deydi Nurmagomedov jamoasi vakili.
Eslatib o'tamiz, Nurmagomedov — Getji chempionlik jangi 24 oktyabr kuni Abu-Dabidagi "Janglar oroli"da bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar