26 dek 13:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Nurmagomedov qaysi jang uchun MMAga qaytishi mumkin? Korme javob berdi
UFCning og'ir vazndagi sobiq chempioni Daniel Korme Xabib Nurmagomedov haqidagi fikrlarini bildirdi.
"Uayt promouter va UFC rahbari sifatida barchasini to'g'ri qilmoqda. U Xabibning qaytishiga umid qilishi kerak, nima uchun yo'q? Nurmagomedov qaytadimi yoki yo'qmi, buni bilmayman. Biz u bilan do'stmiz, faqatgina faoliyati haqida gaplashib o'tirishni istayman.
Agar Xabib qaytadigan bo'lsa, faqatgina Jorj Sen-Per bilan bo'ladigan jang uchun qaytishi mumkin. Mana shunday katta janggina Nurmagomedovni qiziqtirib qo'yishi mumkin. U tarix yaratmoqchi. Sen-Per ustidan qozonilgan g'alaba esa bunga yordam beradi", - dedi Korme.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar