31 jan 12:47
Yangiliklar
Nurmagomedov: "Topuriyani mag'lub etish oson"
"Topuriyani engish qiyin emas. Nega? Masalan, Arman Carukyan uni qanday kaltaklashni biladi. U erda hech qanday qiyin narsa yo'q. U kurashishni yoqtirmaydi. Bir-ikki raund kurashsa ham, o'sha erda chidam 70 kilogrammga tayyor bo'lishi kerak. Vazn ko'targaningda va sen Islam Maxachev bo'lmaganingda, tabiiyki, senga qiyin bo'ladi", - dedi rossiyalik Gorilla Fighting`ga bergan intervyusida.
Malumot uchun, keyingi hafta Usman Nurmagomedov Dubaydagi PFL turnirida britaniyalik Alfi Devisga qarshi chempionlik kamarini himoya qiladi. Iliya Topuriya esa o'tgan yilning oxirida sobiq rafiqasi bilan sudlashish uchun uzoq muddatli tatilga chiqqan edi.
Uch kun oldin PFL ligasi o'zining rasmiy reytingini taqdim etdi va unda Nurmagomedov vazn toifasidan qati nazar eng yaxshi jangchilar ro'yxatida etakchilik qilmoqda. Iliya esa P4P UFC reytingida ikkinchi pog'onadan joy olgan.

Fikrlar