30 okt 11:23
Yangiliklar
Boks/MMA

Nurmagomedov Turkiya Prezidentiga: “Tanishganimdan xursandman”
Kecha engil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedov Turkiya Prezidenti Rejep Toyip Erdog'an bilan uchrashdi.
Ushbu uchrashuv Istanbuldagi yangi xalqaro aeroportning ochilish marosimi chog'ida bo'lib o'tdi. Sportchi va davlat rahbari qisqa suhbat qurishga ham ulgurishdi.
Uchrashuvdan bir necha soniya o'tib Nurmagomedov o'zining “Instagram”dagi sahifasiga Erdog'an bilan tushgan suratini joyladi va qisqa izoh ham yozib qo'ydi: “Rejep Toyip Erdog'an, tanishganimdan xursandman!”.
Havola :
Fikrlar