16 jan 15:04
Yangiliklar
Boks/MMA
Nurmagomedov UFC'dagi keyingi jangini asli afg'onistonlik sportchiga qarshi o'tkazadi
Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi Said Nurmagomedovning navbatdagi jangi tafsilotlari malum bo'ldi.
33 yashar sportchi 8 fevral kuni AQSHning Las-Vegas shahrida tashkil etiladigan UFC Fight Night 266 turniri doirasida Britaniya vakili, asli afg'onistonlik Javid Basharatga qarshi bahs olib boradi. Jang eng engil vazn toifasida tashkil etiladi.
Said Nurmagomedov UFC'da hozirgacha 11 ta jang o'tkazib, 7 ta g'alaba va 4 ta mag'lubiyat qayd etgan. 30 yoshli Javid Basharat hisobida esa 3 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat bor.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar