03 okt 08:43
Yangiliklar

Nurmagomedovda jiddiy imtihon, Mirafzalda esa mag'lubiyatni yopish imkoni. Bugun PFL Dubai turniri o'tkaziladi
Oqshomning markaziy to'qnashuvi engil vazn chempioni, rossiyalik Usman Nurmagomedov hamda Irlandiya vakili Pol Xyuz o'rtasida kechadi. Jang revansh maqomida bo'ladi.
Bundan tashqari, turnir doirasida o'zbekistonlik taniqli aralash yakkakurash ustasi Mirafzal Axtamov ham oktagonga ko'tariladi. 32 yashar hamyurtimizga turnir doirasida braziliyalik Luan Panterinya raqiblik qiladi.
Turnirning Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da boshlanishi belgilangan.
Turnir to'liq kardi quyidagicha:
Markaziy jang, engil vaznda chempionlik kamari uchun: Usman Nurmagomedov (Rossiya) (ch) vs. Pol Xyuz (Irlandiya)
Yarim og'ir vaznda: Kori Anderson (AQSH) vs. Dovletjan Yagshimuradov (Turkmaniston)
Eng engil vaznda: Magomed Magomedov (Rossiya) vs. Serxio Pettis (AQSH)
Engil vaznda: Archi Kolgan (AQSH) vs. Jey-Jey Uilson (Yangi Zelandiya)
Oraliq vaznda: Jek Kartrayt (Angliya) vs. Kaolan Logren (Irlandiya)
Og'ir vaznda: Puyya Raxmani (BAA) vs. Slim Trabelsi (Tunis)
Yarim o'rta vaznda: Omar El Dafravi (Misr) vs. Florim Zendeli (Albaniya)
Engil vaznda: Luan Panterinya (Braziliya) vs. Mirafzal Axtamov (O'ZBEKISTON)
Engil vaznda: Takeshi Idzumi (Yaponiya) vs. Vinisius Sakkelli Sensi (Braziliya)
Engil vaznda: Makkashirip Zaynukov (Rossiya) vs. Jon Mitchell (Irlandiya)
O'rta vaznda: Jarrax Al-Silavi (Iordaniya) vs. Gregori Baben (Franciya).
Fikrlar