02 fev 15:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Nurmagomedovning menejeri Xabibning jangi haqida tvit yozdi va uni o'chirib tashladi
Engil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedovning menejeri Ali Abdelaziz Tvitter sahifasida Xabib Nurmagomedovning Jorj Sen-Per bilan jang qilishi haqida yozdi.
Biroq, oradan biroz o'tib, Ali Abdelaziz ushbu tvitini o'chirib tashladi.
"Odamlar Xabibning GSP bilan jangga tayyorlanayotganini gapirishmoqda. Bu haqiqat", - deb yozadi Ali.
SHundan so'ng u bu tvitni o'chiradi. Keyinroq huddi shunga teskari fikr qoldiradi.
"Xabibning GSP bilan jangi haqida barcha mish-mishlar asossiz", - deb yozadi Ali Abdelaziz.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar