21 fev 15:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Nursulton Ro'ziboev: "Birinchi imkoniyatdayoq Baklidan revansh olaman"
O'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Nursulton Ro'ziboev so'nggi raqibi, amerikalik Xoakin Bakli bilan revansh jangini o'tkazish niyatida.
"Bakli bilan jangni qisqa vaqtda qabul qildim. Ikki hafta ichida ham vazn tashladim, ham mashg'ulot o'tkazdim. Tayyorgarligim yaxshimasligi uchun, menimcha, Bakli bilan biroz qiyin jang bo'ldi. Lekin janglarimni yutib yuraversam va yana Baklini berishsa, darhol qabul qilaman u bilan jangni. Birinchi imkoniyatdayoq undan revansh olaman", deydi Ro'ziboev.
2024 yilning may oyida bo'lib o'tgan Xoakin Bakliga qarshi jangda Nursulton ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy bergan edi. Hamyurtimiz 23 fevral tongida amerikalik debyutant Erik Makkoniko bilan bahs olib boradi.
Havola :
Manba : Full Send MMA
Fikrlar