31 mar 15:00
Yangiliklar
Boks/MMA
Nursulton Ro'ziboev: "Birinchi jangimda tasodifan yutib qo'ydi deb o'ylashgandi"
UFC jangchisi Nursulton Ro'ziboev bugungi g'alabasidan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
- Tabriklaymiz. UFC'dagi ikkinchi g'alabadan so'ng o'zingni qanday his qilyapsan? Ikkinchi g'alaba ham muddatidan oldin bo'ldi.
- Rahmat. Judayam xursandman. Birinchi jangimda tasodifan yutib qo'ydi deb o'ylashgan edi. Avvalo Xudodan. Tayyorgarlik ko'rdik. Xursandman.
- Ijtimoiy tarmoqlarda muxlislaring ko'p. Bu sen uchun qanday ahamiyatga ega?
- Oldin ko'p jang qilganligim uchun O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Rossiyadan muxlislar meni bilishadi. Janggacha barcha omad tiladi. Buni ko'rib, yutish uchun yanada harakat qildim, dedi Ro'ziboev.
Eslatib o'tamiz, Nursulton Ro'ziboev bugun o'tkazilgan UFC turnirida amerikalik Sedrik Dyumani 1-raundda nokautga uchratdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar