03 apr 16:01
Yangiliklar
Boks/MMA
Nursulton Ro'ziboev: Bu mening xatom emas
Nursulton Ro'ziboev O'zbekistonga qaytib keldi.
Ro'ziboev so'nggi jangida qo'li raqibining ko'ziga kirib ketgan vaziyat haqida gapirdi.
"Qo'lim chap ko'ziga kiribdi, u o'ng ko'zini ushlab olgan, videosi ham chiqdi. Qo'lim uning ko'ziga kirgan holatda ham jangni men to'xtata olmayman, referi bor. Har bitta jangdan oldin referi kelib qoidalar bilan tanishtiradi - "Hushidan ketib qolsa ham men to'xtatmagunimcha to'xtama", deb aytadi. Bu mening xatom emas, o'rtada referi bor. Agar nimadir noto'g'ri bo'lganda, jang darhol "No contest" bo'lardi", - dedi Ro'ziboev.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar