11 apr 05:06
Yangiliklar
Boks/MMA

Nursulton Ro'ziboev ishtirokidagi jang birinchi raundda to'xtatildi
Taniqli MMAchimiz Nursulton Ro'ziboev navbatdagi jangini Rossiyaning norasmiy shimoliy poytaxtida o'tkazdi.
Ro'ziboev (35-8-2) Sankt-Peterburg shahrida WEF Global tomonidan tashkil etilgan MMA oqshomida belaruslik Pavel Basatskiyga qarshi oktagonga ko'tarildi. Jang birinchi raundning o'zida nihoyasiga etdi.
Ro'ziboev raqibini parter holatida og'ritish usuli bilan engdi. Bu bilan Nursulton o'ziga tegishli bo'lgan WEF Global chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Eslatib o'tamiz, aslida hamyurtimiz kechagi oqshom Kleber de Souza Silva (20-13-1) bilan jang qilishi kerak edi. Ammo, braziliyalik aralash yakkakurash ustasi Rossiyaga reyslar bekor qilingani sababli Sankt-Peterburg shahriga etib kela olmadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar