31 mar 08:57
Yangiliklar
Nursulton Ro'ziboev jangdan keyin nimalar dedi?
Hamyurtimiz bugun amerikalik Sedrik Dyumaga qarshi oktagonga chiqib, birinchi raundda nokaut orqali g'alaba qozondi.
Jangdan keyin Ro'ziboev O'zbekiston rahbarlari hamda AQSHdagi sparring-sheriklariga minnatdorchilik bildirdi.
"Birinchi o'rinda, muhtaram Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevga, Otabek Umarovga, ustozlarimga rahmat aytaman, ular meni doim qo'llab-quvvatlab turishadi.
Mashg'ulot zalimiz "Markes" eng zo'r zal. Sparring sheriklarim - SHon Bredi, Andre Petroski, eng zo'rlari. Xudo xohlasa, bundan keyin topga chiqamiz, In SHa Alloh. Yigitlar, hammaga rahmat".
SHuningdek, Ro'ziboev arenaga uni qo'llab-quvvatlagani kelgan muxlislarga ham o'z minnatdorchiligini bildirdi.
"Ota-onamga, O'zbekistondan turib qo'llab-quvvatlaganlarga, arenaga tashrif buyurgan muxlislarga rahmat aytaman. SHu erga kelgan o'zbeklarni hammasiga rahmat. O'zbekiston, Tojikiston, Qozog'iston, Qirg'iziston olg'a! Tojikiston ba pesh!".
Fikrlar