02 fev 08:55
Yangiliklar
Nursulton Ro'ziboev: "Kam gapirib, ishni qiladigan sportchi" (+FOTO)
Liganing engil vazn toifasidagi sobiq chempioni Doston Bozorov asosiy kard doirasida braziliyalik Tiago Silvani birinchi raundning o'zidayoq texnik nokautga uchratdi. Bu Bozorovning MMAdagi 13-g'alabasi bo'ldi. Silva esa 18-mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Hisobidagi g'alabalari soni 27 taligicha qoldi.
Nursulton Ro'ziboev kechagi g'alabasi bilan Dostonni tabriklab, instagram storis sahifasida qiziq fikrlar qoldirdi.
"Uka, tabrik. Davomiy bo'lsin. Kam gapirib, lekin ishini bilib qiladigan sportchi", deya yozdi Ro'ziboev.
SHuningdek, Nursulton muxlislarga ham murojaat qildi: "Ko'zinglarni ochinglar. Kimni podderjka (qo'llab-quvvatlash) qilishni bilinglar. Gapirishni hamma biladi".
"Yutgandayam, yutkazganda ham bir xil gapirishni o'rganinglar. Yutganda karillab, yutkazganda suvga tushgan mushukka o'xshamasdan", deya izoh yozgan UFC`dagi jangchimiz.

Fikrlar