19 iyu 08:59
Yangiliklar
Boks/MMA
Nursulton Ro'ziboev: "Menga jang beringlar, iltimos!"
O'rta vazn toifasida o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Nursulton Ro'ziboev Instagram'dagi sahifasiga yangi post joyladi.
AQSHda bo'lib turgan hamyurtimiz menejer va promouterlaridan jang so'rab, murojaat yo'llagan:
"Bugun yoki ertaga, har doim men tayyorman, iltimos, menga jang beringlar!", - deya Dana Uayt, Ali Abdel-Aziz va boshqalarga murojaat qilgan Ro'ziboev.
Ali Abdel-Aziz esa ushbu postga javoban "Sening vaqting keladi, og'ayni", - deb yozgan.
Eslatib o'tamiz, Nursulton Ro'ziboev 2022 yilda AQSHga borib, Dominance MMA menejerlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan edi. Dominance MMA kompaniyasiga aynan Ali Abdel-Aziz rahbarlik qiladi.
Ayni paytda Ro'ziboevning boshqa promoushen bilan shartnomasi bor. Aynan shu omil uning UFC promousheni bilan shartnoma imzolashiga to'sqinlik qilmoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar