31 mar 16:29
Yangiliklar
Boks/MMA
Nursulton Ro'ziboev nima uchun Myorshartga qarshi jang qilmoqchi ekanligini aytdi
Nursulton Ro'ziboev endi kimga qarshi jang qilmoqchi ekanligini aytdi.
- Sen Jerald Myorshart bilan jang qilishni istaganding. Nima uchun aynan u?
- O'zbekistonda sanoqli UFC jangchilar bor. U mening hamyurtimga qarshi jang qilib, uni mag'lub etgan. SHuning uchun men o'zimni sinab ko'rmoqchiman.
- Unga qarshi jang qanday o'tadi deb o'ylaysan?
- Qafas ichida nima bo'lishini Xudo biladi. Jo Payfer, Petrovskiy bilan mashg'ulotlar olib borib, sparring hamkor bo'ldim. CHiroyli jang ko'rsatishga harakat qilaman.
Eslatib o'tamiz, Myorshart 2021 yil 28 avgust kuni Mahmud Muradovga qarshi jang qilib, 2-raundda sabmishen orqali g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar