28 avg 10:25
Yangiliklar
Boks/MMA
Nursulton Ro'ziboev oktagonga chiqadigan turnirning yana bir jangi elon qilindi
Xabaringiz bor, 4 noyabr kuni Braziliyada navbatdagi UFC kechasi bo'lib o'tadi.
O'zbekistonlik Nursulton Ro'ziboev braziliyalik Kayo Borralo bilan to'qnash keladigan musobaqaning yana bir jangi malum bo'ldi.
Unga ko'ra, yarim o'rta vazn toifasida braziliyalik mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Gabriel Bonfim (15-0-0) daniyalik tajribali Nikolas Dalbi (22-4-1) bilan to'qnash keladi. Jang asosiy kard doirasida, 3 raunddan iborat bo'ladi.
Malumot uchun, Nursulton Ro'ziboev - Kayo Borralo jangi prelim kard doirasida tashkil etiladi. Oqshomning markaziy jangi Kyortis Bleyds hamda Jailton Almeyda o'rtasida o'tkaziladi.
Havola :
Fikrlar