29 mar 18:45
Yangiliklar

Nursulton Ro'ziboev o'zbekistonlik MMA jangchilarini Octagon League'ni boykot qilishga chaqirdi
"Sportsnews.kz" tarqatgan xabarga ko'ra, Ro'ziboev Instagram sahifasidagi jonli efir davomida sportchi va muxlislarga murojaat qilgan.
Nursulton Olma-Otada bo'lib o'tgan jangchilar o'rtasidagi konferenciya oldidan sodir bo'lgan janjal sabab bu qarorga kelgan. O'sha konferenciya paytida qozog'istonlik Erkebulan Toktar o'zbekistonlik Odilxon Kamolov bilan tortishib qolib, to'satdan unga shapaloq tushirgan. Ushbu hodisa aralash jang sanati muxlislari va jamoatchilik orasida katta shov-shuvga sabab bo'ldi. Ayrimlar bu voqea rejalashtirilgan harakat bo'lishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.
Jumladan, tojikistonlik jangchi Kamil Karate ushbu voqelik Toktar va Kamolov o'rtasidagi uchinchi jangga bo'lgan qiziqishni oshirish uchun uyushtirilganini takidladi.
Fikrlar