16 dek 07:52
Yangiliklar

Nursulton Ro'ziboev o'zbekistonlik muxlislarga murojaat qildi
U yakshanba tongida AQSHning Tampa shahrida bo'lib o'tgan UFC Fight Night turnirining markaziy jangida sobiq chempion Kolbi Kovingtonni mag'lub etgan Xoakin Bakli haqida gapirgan.
"Men Bakli bilan jangni ikki hafta qolganida qabul qilgandim. Bu bahona izlash emas, men rostdan ham jangda yutqazganman, lekin ikki hafta qolganida qabul qilingan qaror uchun. Ungacha men safarda bo'lganman, mashg'ulot qilmaganman. Bu mening aybim.
Gap-so'z yo'q, jangni qabul qilganim ham mening aybim. Lekin bazilar "Bakli hali ham Nursultonni enga olarkan" qabilida yozibdi. O'zbek bo'lib, o'zimizniki bo'lib unday ish qilmanglar, undan ko'ra muxlislik qilib, duo qilinglar.
Hali payti kelib, Baklidan o'tganimda ko'rasizlar. Mashg'ulotlar etarlicha bo'lmagani uchun jangda ichki azolarim ham dosh bermagan, menimcha. Umuman olganda, tajriba, yosh nuqtai-nazaridan kamchilik bo'lmagan, menimcha", dedi Ro'ziboev.
Fikrlar