26 avg 07:59
Yangiliklar
Nursulton Ro'ziboev Parij shahriga jo'nab ketdi + FOTO
Ro'ziboev jang oldidan AQSHdagi sparring mashg'ulotlarini yakunladi. Vazn tashlash jarayoni Parij shahrida davom ettiriladi. Kelasi haftadan media tadbirlar ham boshlanadi.
Malumot uchun, Nursulton Ro'ziboev faoliyati davomida hozirga qadar 48 ta jang o'tkazib, 37 g'alaba, 9 mag'lubiyat va 2 ta durang qayd etgan. U 27 iyun kuni Boku (Ozarbayjon) shahri mezbonlik qilgan UFC Fight Night turnirida rossiyalik Andrey Pulyaevni birinchi raunddayoq sabmishen orqali taslim etib, g'alabali seriyasini uchtaga etkazib olgandi.
39 yoshli Maykl Peyj hisobida esa 25 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat bor. U ham oxirgi uchta jangini muvaffaqiyatli nihoyalagan. SHara Bullet, Jared Kannonir va Sem Petterson uning so'nggi "o'ljalari" edi.

Fikrlar