19 mar 11:34
Yangiliklar
Boks/MMA
Nursulton Ro'ziboev rossiyalik jangchiga qarshi oktagonga chiqadi + FOTO
Aralash yakkakurash ustamiz Nursulton Ro'ziboevning navbatdagi jangi tafsilotlari malum bo'ldi.
Hamyurtimiz 27 iyun kuni Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida tashkil etiladigan UFC turnirida "SHtorm" maktabi vakili, rossiyalik Andrey Pulyaevga qarshi oktagonga chiqadigan bo'ldi.
Malumot uchun, 28 yoshli Andrey Pulyaev UFC promoushenida 3 ta jang o'tkazgan. Kristian Leroy Dankan va Atebe Gotega ochkolar hisobiga yutqazgan bo'lsa, Nik Klyaynni texnik nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratgan.
32 yoshli Nursulton Ro'ziboev esa ikki g'alabali seriya bilan kelmoqda. Erik MakKoniko texnik nokaut qilingan bo'lsa, Dastin SHtolcfusdan hakamlarning yakdil qarori bilan ustun kelgan edi. Ro'ziboev UFC`dagi yagona mag'lubiyatini Xoakin Baklidan qabul qilib olgan.

Havola :
Fikrlar