14 jan 10:45
Yangiliklar
Nursulton Ro'ziboev: "U UFC'ga chiqib oldi, men UFC'ga o'tganimdan so'ng, "lyuboyi"ga muammo bo'laman"
O'rta vaznda o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Nursulton Ro'ziboev (34-8-2) UFC jangchisi Mahmud Muradov (25-8) bilan taqqoslashlari haqida gapirdi.
"U haqida fikrim qanaqa: u UFC'ga chiqib oldi, Ikkitami, to'rttami g'alabaga erishdi, zo'r ketyapti. Kim meni u bilan tenglashtirsa ham, men hozir UFC'da emasman. Agar UFC'da bo'lganimda, tenglashtirsa bo'lardi har qanday jangchi bilan. Hozir UFC'da emasman, lekin In SHa Allah UFC'ga kirib olgandan keyin, farqi yo'q menga unisi ham, bunisi ham. "Lyuboyi"ga Xudo xohlasa muammo bo'laman", - deydi sportchi Instagram tarmog'idagi efiri davaomida.
Malumot uchun, Ro'ziboev avvalroq Ali Abdel-Aziz rahbarlik qiluvchi Dominance MMA menejerlik kopmaniyasi bilan hamkorlikka erishgan edi.
Fikrlar