22 fev 13:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Nursulton Ro'ziboev yana eski vaznida jang qiladi
Bizning vaqt bilan ertaga tong saharda AQSHning Sietl shahrida UFC Fight Night turniri bo'lib o'tadi.
Musobaqa doirasida o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Nursulton Ro'ziboev AQSH vakili Erik Makkonikoga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Jang o'rta vazn toifasida tashkil etiladi. Nursulton so'nggi janglarini yarimo'rta vazn toifasida o'tkazib kelayotgan edi.
Hamyurtimiz bu vaziyatga quyidagicha munosabat bildirdi:
"Hozir o'rta vaznimdaman. Agar menejerlarim yarimo'rta vaznga taklif qilishsa, yana qaytaman. Agar besh-olti oylarda vaznim oshib ketsa, yarimog'ir vazn toifasida ham o'zimni sinab ko'rmoqchiman", dedi Ro'ziboev Full Send MMA nashri bilan suhbatda.
Havola :
Manba : Full Send MMA
Fikrlar