17 fev 13:36
Yangiliklar
Nursulton Ro'ziboevning hibsga olingan raqibi Sedrik Dyumaning taqdiri malum. Jang bekor bo'lishi mumkinmi?
Voqeaga ko'ra, Sedrik Dyuma begona shaxs istiqomat qiluvchi uy qo'ng'irog'ini chalgani va eshigini taqillatgani uchun o'sha uyda yashovchi ayol policiyaga murojaat qilgan.
Malum bo'lishicha, 28 yoshli sportchi hozirda policiya tomonidan garovsiz ushlab turilibdi. Uning sudi 5 mart kuni o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Qizig'i, Dyuma bungacha ham bir necha marotaba sudlangan bo'lib, unga do'kon o'g'riligi, o'limga olib keluvchi qurollar saqlash va shunga o'xshash ayblar qo'yilgan.
Eslatib o'tamiz, 30 mart kuni hamyurtimiz Nursulton Ro'ziboev UFC'dagi ikkinchi jangini aynan Sedrik Dyumaga qarshi o'tkazishi kerak. Ammo AQSH OAVlarining xabar berishicha, Dyumaning yuridik muammolari bo'lajak jangga halal berish ehtimoli yuqori.
Fikrlar