07 okt 22:17
Yangiliklar
Boks/MMA
Nursulton Ro'ziboevning Rinat Faxretdinovga qarshi jangi bekor bo'lgani haqida xabarlar tarqalmoqda
26 oktyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida UFC 308 musobaqasi bo'lib o'tadi.
Musobaqa doirasida yarim o'rta vaznli o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Nursulton Ro'ziboev Rossiya vakili Rinat Faxretdinovga qarshi oktagonga chiqishi kerak edi.
Biroq "Vestnik MMA" nashrining malum qilishicha, Nursulton jang oldidan jarohat olgan va uning Faxretdinovga qarshi jangi bekor qilingan.
UFC ayni damda Rinatga yangi zaxira raqibi izlayotgani aytiladi.
Bu Ro'ziboev uchun UFC'da bekor bo'layotgan ikkinchi jangi hisoblanadi. Avvalroq, uning braziliyalik Kayo Borralo bilan bellashuvi ham o'tkazilmagandi.
Nursultonning o'zi hozircha vaziyatga munosabat bildirmadi.
Havola :
Manba : VestnikMMA
Fikrlar