22 dek 13:05
Yangiliklar
Boks/MMA
Nursulton Ro'ziboevning shogirdi Rossiyada chempion bo'ldi + FOTO
Rossiya Federaciyasining Sankt-Peterburg shahrida MMA bo'yicha Open FC 60 turniri bo'lib o'tdi.
Oqshom doirasida o'zbekistonlik UFC jangchisi, Open FC Ligasining sobiq chempioni Nursulton Ro'ziboev shogirdi Otabek Toxirov ishtirokidagi bahsda sekundant sifatida ishtirok etdi.
24 yashar Toxirov turnirda rossiyalik Vyacheslav Samsel bilan bahs olib bordi va g'alaba qozondi. Bu orqali Otabek DMV chempionlik kamarini qo'lga kiritdi.
Mazkur g'alaba Otabek Toxirov uchun faoliyatidagi o'n uchinchisiga aylandi. Uning hisobida uchta mag'lubiyat ham bor.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar