23 fev 04:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Nursulton Ro'ziboevning UFC debyutantiga qarshi jangi muddatidan oldin yakunlandi
AQSHning Sietl shahrida UFC Fight Night musobaqasi boshlandi.
Prelim kardning ikkinchi jangida o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Nursulton Ro'ziboev oktagonga ko'tarildi.
Unga amerikalik debyutant Erik Makkoniko raqiblik qildi.
O'rta vazn toifasidagi 3 raundlik jang ikkinchi raundda muddatidan oldin yakuniga etdi. Hamyurtimiz raqibini ketma-ket zarbalari orqali nokautga uchratdi.
SHunday qilib, Ro'ziboev UFC'dagi to'rtinchi jangida uchinchi g'alabasini nishonladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar